Prezidentning tegishli qarori bilan polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U avval Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimini egallab kelgan.
Avval bu lavozimda Shavkat Rahmonov ishlagandi.
Prezidentning tegishli farmoyishi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migrasiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev tayinlandi.