Qonunchilikka ko‘ra, professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan vaqtida, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda byudjet mablag‘lari hisobidan BHMning 2 baravari miqdorida (660 ming so‘mgacha) amaliyot o‘tagan to‘liq oy uchun har oylik subsidiya ajratilishi belgilangan.