Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-57-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.

Shuningdek, 2025 yil 1 martgacha “Uzex Agro” elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi.

2025 yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg‘ona tumanlarida, 2026 yilda esa qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sig‘imi 100 tonnadan kam bo‘lmagan muzlatkichli sig‘imlar, urug‘lik, ko‘chat, kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.

Tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va ma’lumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatish va monitoring qilish platformasi ishga tushiriladi.

Platformada dehqonlarga yetishtiradigan mahsulotining 70 foizigacha miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimi ishga tushiriladi.

Kiritildi: 20:21 18.02.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!