Qonunchilikka ko‘ra, hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2025 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:
bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizasiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa;
poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlarni eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa.