Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin

Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin

«O‘zgidromet» 10-12 fevral kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 10 fevralda 5-10 daraja sovuq, 11-12 fevralda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12 fevralda 2-7 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10 fevralda 5-10 daraja sovuq, 11-12 fevralda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat 10 fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 11-12 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 10 fevralda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, 11-12 fevralda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12 fevralda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10 fevralda 2-7 daraja iliq, 11-12 fevralda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat 10 fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, 11-12 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Kiritildi: 14:30 09.02.2025. O'qildi: 1260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!