Ayrim mamlakatlarda juma kuni Whatsapp messenjeri ishida muammolar kuzatildi. Bu haqda mashhur internet-resurslar ishini kuzatuvchi Downdetector xizmati ma’lumotlari dalolat bermoqda, deb abar beradi TASS.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar xabarlarni jo‘natish, serverga ulanishdagi muammolar, shuningdek, ilova bilan bog‘liq muammolar haqida shikoyat qilgan.
Eng katta muammo Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Niderlandiya va Polshada qayd etilgan.