Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Ayollar statistikasi: qaysi davlatlarda ayollar erkaklardan ko‘p va qayerda kam?

A A A
Ayollar statistikasi: qaysi davlatlarda ayollar erkaklardan ko‘p va qayerda kam?

Ayollar ulushi eng ko‘p davlatlar - sobiq SSSR hududida, erkaklar soni ko‘p davlatlar esa - Fors ko‘rfazida joylashgan ekan, RIA Novosti Jahon bankining ochiq statistik ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi.

Dunyoda ayollar ulushi eng yuqori bo‘lgan davlat Armaniston esan. Bu yerda aholi orasida ayollar ulushi 55% yuqori. Ukrainada ayollar aholining 54,08 %ini tashkil qiladi va Belarusa - 53,96 foizini tashkil qiladi.

Rossiyada ayollar ulushi 53,56% ni tashkil qiladi, Latviya va Litvad (mos ravishda 53,62% va 53,03%.

O‘zbekistonda esa ayollar ulushi erkaklardan kam bo‘lib 49,7%ni tashkil qiladi. (yanvar 2024)

Dunyo bo‘yicha ayollar soni eng kam bo‘lgan davlatlar esa Fors ko‘rfazida joylashgan. Qatarda aholi orasida ayollar ulushi atigi 27,49%, BAAda 30,65% va Bahraynda 38,04% ni tashkil qiladi.

Faqat Grenada va Panamada ayollar va erkaklar soni teng ekan.

O‘rtacha hisobda ayollar dunyo aholisining 49,7 foizini tashkil qiladi.

Kiritildi: 10:03 08.03.2024. O'qildi: 3949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!