Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ayollar koloniyasidagi 998 nafar mahkumaga tuzalish yo‘liga o‘tgani haqida xulosa berildi

Ayollar koloniyasidagi 998 nafar mahkumaga tuzalish yo‘liga o‘tgani haqida xulosa berildi

Zangiotadagi 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Komissiya a’zolari tarkibida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 102-1-moddasida Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan vakillari kirishi belgilangan.

Yig‘ilishda koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 1 ming 159 nafar mahkuma komissiya a’zolari tomonidan o‘rganilib, 998 nafariga tuzalish yo‘liga o‘tgan, degan xulosa berildi.

Bunda, ularning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, o‘qishga va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahkumalarning muassasada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi kabi mezonlar ham ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 09:50 09.07.2024. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!