Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Ayollar futboli: O‘zbekiston-Avstraliya jamoalari «Parij-2024» yo‘lida kurashga kirishmoqda

A A A
Ayollar futboli: O‘zbekiston-Avstraliya jamoalari «Parij-2024» yo‘lida kurashga kirishmoqda

Bugun, 24 fevral kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi saralash bosqichi dastlabki o‘yinini Avstraliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kecha ayollar futboli bo‘yicha Parij Olimpiadasi yakuniy saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Avstraliya o‘yini oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Osiyo futbol konfederasiyasi vakillari va tashkiliy qo‘mita a’zolari qatnashgan uchrashuvda mutaxassislar jamoalarga ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berib o‘tishdi.

Yaponiyalik murabbiy Midori Xonda boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Avstraliyaga qarshi kechadigan o‘yinda ko‘k rangli libosda harakatlanadi.

Avstraliya esa havorang libosda maydonga tushadi. O‘yin bugun soat 14:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur “duelning” javob o‘yini 28 fevral kuni Avstraliyaning Melburn shahrida tashkil etiladi.

Kiritildi: 11:09 24.02.2024. O'qildi: 1843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!