Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

"Ayollar daftari"ga respublikadagi barcha xotin-qizlar ro‘yxatga olinadi

"Ayollar daftari"ga respublikadagi barcha xotin-qizlar ro‘yxatga olinadi

AOKAda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

✔️Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichi boshlandi.

Ayni vaqtda respublikamizdagi barcha mahallalarda yashovchi 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarni xonadonma-xonadon yurish orqali qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan.

“Ayollar daftari”ning 3-bosqichida ayollarning muammolari qaytadan o‘rganiladi. Bunda hech bir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz chetda qolib ketmasligiga alohida e’tibor beriladi.

“Ayollar daftari”ning 3-bosqich ishlari joriy yil 10 fevralida yakunlanadi.

Kiritildi: 15:08 11.01.2022. O'qildi: 5116 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!