Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ayol farzandini timsoh og‘zidan qutqarib qoldi

A A A
Ayol farzandini timsoh og‘zidan qutqarib qoldi

Indoneziyaning Tajung-Jabung okrugida ayol qahramonlik ko‘rsatib timzoh tortib ketayotgan farzandini qutqarib qoldi.
 
Sudralib yuruvchi daryodan suv olishga kelgan 11 yoshli Yadi Putraga hujum qilgan. Timsoh bolani oyog‘idan suvga tort boshlagan. Bolaning 37 yoshli onasi Rasmi baqirgan ovozni eshitib, yordamga kelgan. Ayol yugurib kelganda, bola sohildan 15 metr uzoqlikda bo‘lgan. Ona bolasining oldiga suzib borgan.
 
“Men suzib borganimda timsoh uni qo‘yib yubordi va yashirindi. Meni u yerda hujum qilishi mumkin bo‘lgan boshqa timsohlar bor-yo‘qligi qiziqtirmadi. Butun diqqatim farzandimni qutqarishga qaratilgandi”, deydi Rasmi.
 
Bola ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan. Uning yirtqich tortib ketgan chap oyog‘i jiddiy jarohatlangan.
 
Jambi viloyati Tabiatni muhofaza qilish agentligi voqea joyiga mutaxassislar jamoasini yuborgan. Ular timsohni ushlab, boshqa joyga ko‘chirishni rejalatiryapti.
 
Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni Kanadada erkak bolalarini oq ayiq hujumidan qutqarib, o‘zi halok bo‘lgan edi. 

Qalampir.uz

Kiritildi: 15:51 11.07.2018. O'qildi: 4379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!