Ayni daqiqalarda Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, SUAT Kompartiyasi Partiya qo‘mitasi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegasiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Davlat rahbarining Matbuot kotibi xabar berdi.
Unda Xitoyning eng yirik va yetakchi hududlaridan biri - Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumani bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Kun tartibidagi masalalar:
● qayta tiklanuvchi energetika;
● transport infratuzilmasini rivojlantirish va logistika;
● sanoat parklari va qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish;
● ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollari.