Turkiyada Ayasofya masjidining namoz o‘qish uchun ochilganiga to‘rt yil to‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bu qarorga 21 yoshida shaharni zabt etgan Sulton Muhammad II ning tarixiy buyrug‘i sabab bo‘lganini ta’kidladi.
«Sulton Muhammad Fotihning tarixiy farmoni asosida Istanbulning fath etilishi ramzi bo‘lgan Ayasofya masjidining ibodat uchun ochilganining 4 yilligi bilan tabriklayman. Allohning yordami bilan Ayasofyaning qayta tiklanishi butun xalq uchun foydali bo‘lsin», — dedi Turkiya prezidenti.
Bino to‘qqiz asr davomida dunyodagi eng katta ibodatxona hisoblangan va 1453 yilda shahar Sulton Muhammad II tomonidan fath qilingandan so‘ng Usmonlilar davlatining bosh masjidiga aylangan.
To‘rt yil avval, 2020 yil 24 iyul kuni 86 yil ichida birinchi marta Ayasofya masjidida juma namozi o‘qildi. Turkiya hukumati tomonidan 1934 yil 24 noyabrda ziyoratgohga berilgan muzey maqomi 2020 yilda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan bekor qilindi.