Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Axios: Daniya Tramp jamoasiga Grenlandiya haqida xabar yubordi

Axios: Daniya Tramp jamoasiga Grenlandiya haqida xabar yubordi

Daniya hukumati AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasiga Grenlandiya xavfsizligi masalalarini orolni AQSh tarkibiga kiritmasdan hal qilish mumkinligiga ishontirish maqsadida shaxsiy xabarlar yo‘lladi. Bu haqda Axios portali ma’lum qildi.

Uning manbalariga ko‘ra, Daniya hukumati Tramp vakillariga "Grenlandiyada xavfsizlikni kuchaytirish yoki AQShning orolda harbiy ishtirokini oshirishni muhokama qilishga tayyorligini ifoda etgan" bir qator xabarlar yuborgan. Nashrda ta’kidlanishicha, Daniya hukumati Trampni, jumladan, shu hafta uning maslahatchilariga xabarlar yo‘llash orqali, uning xavfsizlik borasidagi tashvishlarini AQShning Grenlandiyaga bo‘lgan da’vosisiz bartaraf etish mumkinligiga ishontirishga harakat qilmoqda.

Maqolada Yevropa davlatlaridan birining diplomati fikri keltirilgan. Uning aytishicha, Daniya "AQShning Yevropa Ittifoqidagi eng yaqin ittifoqchilaridan biri" hisoblanadi. Diplomat so‘zlariga ko‘ra, "Tramp bilan janjal boshlagan birinchi davlat aynan Daniya bo‘lishini hech kim tasavvur ham qila olmasdi."

Kiritildi: 22:24 11.01.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!