Hukumat qarori (114-son, 25.03.2026 y.) bilan “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Ushbu Nizom avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
▶️ Mazkur Nizomning amal qilishi milliy va xorijiy tashuvchilarga tatbiq etiladi.
📝 Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston ruxsatnomalarida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish turlari va ulardan foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.
📑 O‘zbekiston va xorijiy ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
▫️ ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
▫️ uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
▫️ universal (ikki tomonlama, tranzit va uchinchi davlatga/dan yuk tashish);
▫️ ikki tomonlama yuk tashish uchun;
▫️ tranzit yuk tashish uchun;
▫️ ikki tomonlama qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
▫️ tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun.
📝 Avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashishlar O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatning vakolatli organlari o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha tashkil etiladi.