2026 yil yanvar oyidan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish uchun yangi tariflar kuchga kiradi.
Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 23 iyuldagi 458-sonli qarori qabul qilingan.
Unga ko‘ra, haydovchilar soni cheklangan polis narxlari:
Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun —
Qolgan viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun —
Chet davlatlardan kirib kelayotgan transport vositalari uchun —
Cheklovsiz polis sotib olish uchun esa mazkur narxlar ikki barobar oshirilib to‘lanishi lozim.
Shuningdek, qaror bilan 2026 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasini 80 mln so‘mgacha (amalda 40 mln so‘m) oshirilishi belgilandi. Hujjatda, bu o‘z navbatida, YTH natijasida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ning bugungi kun talabiga mos ravishda bo‘lishiga xizmat qilishi aytiladi.