Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Andijon viloyatining Asaka tumanida bir guruh shaxslar janjallashayotgani tasvirlangan videoxabar yuzasidan
Mazkur holat Andijon viloyati IIB tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, Asaka tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan X.J shu yilning 8 iyun kuni tonggi soat 4:30 larda Asaka tumani, Qadriyat mahallasi hududida fuqarolarning tinchini buzib, sheriklari 2003 yilda tug‘ilgan S.M. va 2002 yilda tug‘ilgan O.M.lar bilan birga, 2004 yilda tug‘ilgan X.D.ni o‘zaro kelishmovchilik ortidan urib do‘pposlab, unga yengil tan jarohati, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro R.B.ga esa o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazishgan.
Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida fuqarolar X.J, S.M. va O.M.larga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tamomlanib, 2025 yil 8 iyul kuni ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tumani sudi tomonidan 2025 yil 27 avgust kuni sudlanuvchilar X.J, S.M.va O.M.larning xar biriga nisbatan 3 yil muddatdan ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.