Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Avtokredit olish imkoniyati oshdi

Avtokredit olish imkoniyati oshdi

Ayni vaqtda aholining avtokredit olish imkoniyati yana oshmoqda. Xususan, “Qishloq qurilish bank” ham to‘rt yilga olti oylik imtiyozli davr bilan ana shunday kreditlar ajratishni boshladi. Eng muhimi esa hujjatlar soddalashtirilgan bo‘lib, pasport va ishxonadan maoshingiz haqida ma’lumotnoma bo‘lsa, bas.

Demak, hozirgi tezkor zamonda vaqt va mablag‘ni tejash borasida masofaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Shunday ekan, aholi uchun qulay bo‘lgan bunday xizmatlar bank-moliya tizimida qanday yo‘lga qo‘yilgan? Ulardan mijozlar mamnunmi?

– Hozirga qadar “Internet banking“, “Mobil banking“, “SMS banking“ xizmatlari joriy etilgan edi, – deydi Bank Axborotlashtirish departamenti direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Islomov. – Aytish mumkinki, ulardan foydalanuvchi mijozlar soni kun sayin ortmoqda. Buni mijozlar soni oyiga o‘rtacha 30-40 foiz o‘sayotgani ham yaqqol ko‘rsatib turibdi. So‘nggi yangiliklardan biri – “Depozit banking” xizmatidan ham ko‘plab omonatchilar foydalanmoqda. Hozirda undan foydalanuvchilar soni olti yuz nafarga yaqinlashib qoldi. Bunda omonatchilar bankka kelmasdan turib o‘z hisob-raqamidagi mablag‘larni boshqarishi, foizlarni yechib olishi mumkin. 

Mutaxassislarning aytishicha, zamonaviy, masofaviy xizmat turlaridan biri, bu – “SMS-xabarnoma” bo‘lib, ayni vaqtda undan eng ko‘p mijozlar – 73 ming nafardan ziyod yurtdoshimiz foydalanmoqda. Yuridik tashkilotlar ham ko‘proq “SMS banking”dan foydalanishi bois ularning soni qariyb 7 mingga yaqinlashib qoldi.

“Qishloq qurilish bank”da joriy etilganiga uch oy bo‘lgan mikroqarz berish jarayonidan ham foydalanayotganlar soni ortmoqda. O‘tgan qisqa fursatda ularning soni besh yuz nafardan oshdi. Bunda siz 18 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni bir yilga olishingiz mumkin. Ayni vaqtda “Onlayn ariza” xizmatini yo‘lga qo‘yishga hozirlik ko‘rilmoqda. Bunda mijoz bankka kelmasdan barcha turdagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 16:47 27.08.2018. O'qildi: 6123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!