Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand shahridagi avtobuslarda yangi to‘lov turi yo‘lga qo‘yildi.
– Hozircha 6, 12, 14, 32, 41, 61, 67, 71-yo‘nalishlarida qatnovchi 70 ta avtobusda sinov tariqasida yo‘l kira maxsus plastik karta orqali to‘lanmoqda, – deydi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi viloyat boshqarmasi mutaxassisi Farxod Norqorayev. – Bunda manziliga yetgan yo‘lovchi avtobus eshigi oldiga o‘rnatilgan “Validatori” maxsus apparatiga plastik kartasini tekizib, tushib ketaveradi.
Maxsus plastik kartalar Samarqand shahridagi jeton sotish shoxobchalarida sotilmoqda.
Ushbu plastik kartaga avvaldan pul o‘tkazish lozim bo‘ladi.
Manba: zarnews.uz