Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qabul qilingan Prezident qarori bilan Avtobuslarda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkaziladigan tenderlarda faqatgina nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilgan avtobuslar ishtirok etishi belgilanmoqda.
Endilikda, yo‘nalishini yutib olmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar avtobuslari nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz yo‘lovchilar uchun maxsus o‘rindiqlar, audio va vizual e’lon qiluvchi monitor, axborot beruvchi kolonka hamda avtobusdan tushishda haydovchini xabardor qiluvchi tugma (stop tugmasi) bo‘lishi talab etiladi.