Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Avtobus yo‘lagida qoida buzish jarimasi oshirilmoqda

A A A
Avtobus yo‘lagida qoida buzish jarimasi oshirilmoqda

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartish bilan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlamentda muhokama qilinmoqda.

Unga ko‘ra, bunday harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 875 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanmoqda.

Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun quyi palatada qabul qilinib, senat tomonidan ma’qullanishi hamda prezident tomonidan imzolanishi kerak.

Kiritildi: 12:08 30.11.2024. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!