Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Avtobus yonib ketdi: o‘zbekistonlik haydovchi 50 kishini o‘limdan saqlab qoldi

Avtobus yonib ketdi: o‘zbekistonlik haydovchi 50 kishini o‘limdan saqlab qoldi

Sankt-Peterburg yaqinidagi Olgino qishlog‘ida ichida 50 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan Dragon rusumidagi avtobus yo‘lda yonib ketdi. Haydovchining tezkor choralari yong‘inning dahshatli oqibatlari oldini oldi — odamlar qutqarib qolindi. Avtobus esa butunlay yonib ketdi, deb xabar bermoqda «REGNUM».

Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1 dekabr kuni soat 12:21da Sankt-Peterburgdan Zelenogorskga ketayotgan «Tretiy park» OAJga qarashli avtobus haydovchisi yo‘lda ketayotib avtobus dvigateli bo‘linmasida tutunni sezadi.

«Haydovchi avtobusni yo‘l chetida to‘xtatib, zudlik bilan yo‘lovchilarni, taxminan 50 kishini evakuasiya qildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi», — dedi yo‘l polisiyasi vakili.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarni qutqarib qolgan haydovchi o‘zbekistonlik bo‘lib, «Tretiy park» korxonasida 3 yildan buyon ishlab keladi.

Kiritildi: 14:19 02.12.2019. O'qildi: 3267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!