Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Avstraliyalik olimlar saraton hujayralarining o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi birikmani aniqlashdi

A A A
Avstraliyalik olimlar saraton hujayralarining o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi birikmani aniqlashdi

Avstraliyadagi Bolalar tibbiy tadqiqot instituti jamoasi saraton hujayralari tarqalishiga qarshi kurashning yangi usulini kashf etishdi.

Tadqiqot organizmdagi sog‘lom hujayralarga minimal ta’sir ko‘rsatadigan yangi dorilar sinfini ishlab chiqish imkonini berishi mumkin.

Ma’lumki, bizning DNKmiz telomerlar – xromosomalarning oxirgi bo‘limlari bilan himoyalangan. Ushbu tuzilma ko‘plab oqsillar tomonidan “qo‘riqlanadi”. Ularning eng muhimlaridan biri TRF2 oqsilidir. Telomerlarning himoya tuzilmasini bartaraf etish hujayraning shikastlanishi va uning nobud bo‘lishiga olib keladi.

Saraton hujayralarining ko‘payishi (o‘sishi) qobiliyati butunlay telomerlarga bog‘liq. Shu bois, olimlar telomerlarga qaratilgan yangi davolash usullarini ishlab chiqishmoqda. Bunday usulning nojo‘ya ta’siri ancha kam bo‘ladi, deb qaraladi.

Yangi tadqiqot mualliflari TRF2 oqsilining asosiy hududi bilan kuchli bog‘langan APOD53 deb nomlangan birikmani aniqlashdi. Bu saraton hujayralarining ko‘payishini oldini oladi, sog‘lom hujayralarni saqlaydi.

Tadqiqot kimyoviy moddalar bilan telomerning boshqa himoya tuzilmalariga ta’sir ko‘rsatish orqali birikmaning samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. U hujayralarga osonlik bilan kiradi va shuning uchun kelajakda saratonga qarshi dori-darmonlarni ishlab chiqishda asqatishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.

Kiritildi: 20:33 11.12.2023. O'qildi: 1521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!