Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Avstraliyada o‘smirlarning 5 mln akkaunti o‘chirildi

Avstraliyada o‘smirlarning 5 mln akkaunti o‘chirildi

16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash kuchga kirganidan keyin atigi bir oy ichida platformalar avstraliyalik o‘smirlarga tegishli taxminan besh million akkauntni bloklagan. Bu haqda AZERTADJ xabar berdi.

Bunday ma’lumotlarni Avstraliyaning internetni tartibga soluvchi organi eSafety taqdim etgan. Ayrim platformalar bu cheklovga oid akkauntlarni oxirgi muddatgacha bir necha hafta oldinyoq yopishni boshlaganini ma’lum qilgan.

Hukumatning talablarning bajarilishiga oid dastlabki ma’lumotlari platformalarning qonunni bajarish uchun sezilarli qadamlar qo‘yayotganini ko‘rsatadi. Ushbu qonun talablari bajarilmagan taqdirda 49,5 mln avstraliya dollari (taxminan 33 mln AQSh dollari) miqdorida jarima solinishi ko‘zda tutilgan, ammo javobgarlik bolalarga yoki ularning ota-onalariga yuklanmaydi.

Meta kompaniyasi Instagram, Facebook va Threads platformalaridan 550 mingga yaqin voyaga yetmagan foydalanuvchining akkauntini o‘chirganini xabar qildi. Foydalanuvchilarning eng kichik yoshiga oid talablar YouTube, TikTok, Google'ga tegishli Snapchat va X tarmoqlariga ham tatbiq etiladi.

Elektron xavfsizlik bo‘yicha komissar Juli Inman Grantning aytishicha, ayrim voyaga yetmaganlarning akkauntlari hali ham faol bo‘lib turibdi, shuning uchun taqiqning to‘liq bajarilishi haqida gapirishga hali erta. Shunga qaramay, dastlab taqiqqa tushgan barcha kompaniyalar uni bajarayotganini ma’lum qilgan.

Ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladigan tadqiqot bu taqiqning uzoq muddatli oqibatlarini bir necha yil davomida kuzatishni ko‘zda tutadi.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!