Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

Avstraliyada 16 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Bu haqida mamlakat bosh vaziri ma’lum qildi.

Bosh vazir Antoniy Albanese avstraliyalik bolalar orasida internet xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilganini aytdi.

Hujjat ota-onalar yoki yoshlar zimmasiga emas, balki ijtimoiy tarmoq platformalarida munosib himoya choralarini ko‘rish mas’uliyatini yuklaydi.

Qonunga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan avtraliyalik bolalarga Snapchat, TikTok, Instagram va X kabi tarmoqlardan foydalanishga cheklov qo‘yildi. Biroq ular xabar almashish va onlayn o‘yinlardan, shuningdek, Headspace, Kids Helpline, Google Classroom va YouTube kabi sog‘liq va ta’lim bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanishda davom etishlari mumkin.

Ushbu qonunni buzgan fuqarolarga 49,5 million dollargacha jarima qo‘llaniladi.

Kiritildi: 17:52 21.11.2024. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!