Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini butunlay taqiqlovchi qonun qabul qilindi

A A A
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini butunlay taqiqlovchi qonun qabul qilindi

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini butunlay taqiqlovchi qonun qabul qilindi — Reuters

34 nafar senator taqiqni yoqlab, 19 nafari esa qarshi ovoz berdi. Ta’kidlanishicha, qabul qilingan qonun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha dunyodagi eng qat’iy talablardan biri bo‘ladi. So‘rovnomalarda aholining 77 foizi bu qonunni qo‘llab-quvvatlagan.

Foydalanuvchilarning yoshi qanday aniqlanishiga oydinlik kiritilmagan. Buni 2025 yil o‘rtalarida o‘tkaziladigan sinov davrida tushuntirish rejalashtirilgan. Qonun bir yildan keyin kuchga kiradi. Texnologik kompaniyalar qonunga rioya qilmasa, 49,5 million Avstraliya dollari (30 million AQSh dollaridan ortiq) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

"TikTok, Instagram, X, Facebook, Reddit, Snapchat taqiqlanishi mumkin. Taqiq YouTube'ga ta’sir qilmaydi, chunki uning muhim bo‘lgan ta’limiy maqsadi bor", — deya qildi Avstraliya Aloqa vaziri Mishel Roulend.

Kiritildi: 04:53 29.11.2024. O'qildi: 989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!