Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Avstraliya mojarolarning kuchayish xavfi tufayli Yaqin Sharqdagi elchixonalarini yopdi

Avstraliya mojarolarning kuchayish xavfi tufayli Yaqin Sharqdagi elchixonalarini yopdi

Avstraliya mintaqadagi xavfsizlik tahdidlari tufayli Abu-Dabi va Tel-Avivdagi elchixonalarini, shuningdek, Dubaydagi konsulligini vaqtincha yopdi.

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Penni Vong ma’lum qildi.

"Abu-Dabi, Dubay va Tel-Avivdagi vakolatxonalarimiz o‘tgan hafta yopishga majbur bo‘ldi", deb ta’kidladi u.

Vazir Avstraliya diplomatik vakolatxonalari joylashgan kamida to‘qqizta shahar raketa va dron hujumlariga uchraganini ta’kidladi.

"Eronning javob hujumlari biz ilgari ko‘rmagan miqyosda va chuqurlikda davom etmoqda. Mojaro avj olishi va yaqin kelajakda davom etishi mumkin", deb qo‘shimcha qildi Vong.

Avstraliya rasmiylari shuningdek, BAA va Isroildagi diplomatlarning oila a’zolariga mamlakatni tark etishni buyurdi. Vazir Eronning hujumlari avstraliyaliklar, jumladan, tinch aholining hayotini xavf ostiga qo‘yganini va tijorat reyslari qayta tiklanayotgan bir paytda hukumat jabrlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!