Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze xavfsizlik tahdidi tufayli Kanberradagi qarorgohidan evakuasiya qilindi. Mahalliy News.com.au nashri bunga bomba tahdidi sabab bo‘lganini xabar qildi.
Mahalliy ABC telekanali Entoni Albaneze tahdid bartaraf etilgunga qadar bir necha soat davomida «maxsus xonaga» joylashtirilganini xabar qildi.
Keyinchalik Avstraliya polisiyasi puxta qidiruv o‘tkazganini va hech qanday shubhali narsa topmaganini ma’lum qildi.
«Hozirda jamoat xavfsizligiga hech qanday tahdid yo‘q», deyiladi polisiya bayonotida.