Toshkentdagi Aviator savdo markazida yuz bergan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yong‘indan keyin vayronalar ostidan 2023-yil may oyida tug‘ilgan qizning jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat notijorat tashkiloti mansabdor shaxslarining vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviator savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘lgan edi.