Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Auto.mail.ru portali: Rossiyada avtomobil narxlari osmonga ko‘tarildi

A A A
Auto.mail.ru portali: Rossiyada avtomobil narxlari osmonga ko‘tarildi

2022 yil mart oyida Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilingandan so‘ng avtomobillar narlari keskin ko‘tarila boshladi. Ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchi tashkilotlar chet eldan transport vositalari importini to‘xtatganlari sababli Rossiyada yangi avtomobillar yetishmovchiligi yuzaga keldi, deb xabar berdi Rossiyadagi eng mashhur avtomobil portali AUTO.MAIL.RU. Portal mutaxassislari ta’kidlashlaricha, hozirda «Yangi avtomashinalar yetishmasligi holati kuzatilib, dilerlar ba’zi modellar uchun narxlarni o‘tgan yilga nisbatan uch baravar ko‘proq baholashgan».

Evropa biznes assosiasiyasi (EBA) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada yangi avtomobillar xaridi bir necha oydan beri to‘xtovsiz pasayib bormoqda - «narxlarning tinimsiz o‘sishi» sababli 2022 yilning dastlabki besh oyida xaridlar 52 foizga kamaydi. Rasmiy ma’lumotlar sotuvdagi eng mashhur avtomobil - Lada Vesta yil boshidan 30 foizga oshdi. Dilerlik markazlarida ustama to‘lov va majburiy qo‘shimcha imkoniyatlar sababli narx 100% ga oshishi mumkin va 2 million rublni tashkil etadi (bugungi kurs bo‘yicha 351 864 884 so‘m), deb ta’kidlaydi mashhur avtomobil portali.

«Hyundai Solaris rasmiy narxi - o‘rtacha 1,3−1,5 million turadi, ammo sotib olish uchun faqat yana o‘sha 2 million rublga topish mumkin. Xuddi shu narx universal kuzovli Lada Largusga ham tegishli. Uning narxi 1,3 million rubldan boshlanadi, lekin aslida dilerlar mashinani 50 foizga qimmat (342 970 762 so‘m) sotishadi. Byudjetlik mexanik uzatmali 1,6 litr hajmli motor va oldi privodli Renault Kaptur 2 million rublga sotilmoqda» deya ta’kidladi AUTO.MAIL.RU.

Variatorli Kaptur va dizelli Duster uchun 1,95 million rubl narx belgilashdi. Xuddi shu narxda yuqori darajada jihozlangan, «multi-rul», mexanik uzatmali, va multimedia tizimli«Patriot» UAZ sotuvga qo‘yilgan. Narxi barcha dilerlik hiyla-nayranglari orqali oshirilgan avtomat uzatmali UAZ narxi esa 3,1 million rublni (545 235 570 so‘m) tashkil etadi.

Xuddi shu kabi vaziyat premium brendlari orasida kuzatilmoqda. Toyota RAV4 va Toyota Camry yapon modellarining narxi olti oy ichida mos ravishda 23,1% va 21,4% ga oshdi deb aytilmoqda, aslida narxlarning o‘sishi 100% va undan yuqorini tashkil etadi. Ammo bu uzoq davom etmasligi lozim va ushbu vaziyatni yechimini topish kerak deb fikr bildirishdi avtoulov mutaxassislari.

Kiritildi: 14:55 15.08.2022. O'qildi: 3444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!