Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AUIC Birinchi Ozarbayjon xalqaro investisiya forumida ishtirok etdi

AUIC Birinchi Ozarbayjon xalqaro investisiya forumida ishtirok etdi

22–23-sentyabr kunlari Boku shahri Prezident Ilhom Aliyev tashabbusi bilan Birinchi Ozarbayjon Xalqaro Investisiya Forumi (AIIF 2025)ga mezbonlik qildi. Forumga “Bo‘lingan global iqtisodiyotda Sharq–G‘arb va Shimol–Janub aloqalarini mustahkamlash” mavzusi tanlandi. Unda Xitoy, Turkiya, Rossiya, Isroil, BAA hamda Avstraliya kabi davlatlardan 250 dan ortiq vakillar qatnashdi. Bu Ozarbayjon tomonidan o‘tkazilayotgan eng yirik investisiya anjumanlaridan biridir.

AUIC Birinchi Ozarbayjon xalqaro investisiya forumida ishtirok etdiAUIC Birinchi Ozarbayjon xalqaro investisiya forumida ishtirok etdi

Forum doirasidagi muhokamalar turli yo‘nalishlarni qamrab oldi: transportdan tortib logistika, energetika, infratuzilma, innovasiyalar hamda yashil texnologiyalargacha – bari muhokama qilindi. Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarovning ma’lumotiga ko‘ra, forum davomida qiymati 10 milliard dollardan ortiq investisiya loyihalari bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Varizning ta’kidlashicha, Ozarbayjon xorijiy kapital uchun ochiqligini, barqaror iqtisodiy muhitini va uzoq muddatli hamkorlik uchun ishonchli hamkor sifatidagi o‘rnini namoyish etib ulgurdi. Shundan 7 milliard dollardan ortig‘i neft-gazdan xoli loyihalarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu iqtisodiyotni diversifikasiya qilish, texnologiyalarni tezkor transfer qilish va umumiy farovonlikni oshirishga zamin hozirlaydi.

AUIC Birinchi Ozarbayjon xalqaro investisiya forumida ishtirok etdi

Forum Sharq va G‘arb chorrahasida joylashgan mamlakatlar uchun investisiya imkoniyatlarini o‘rganish, global savdo va barqaror ta’minot zanjirlari istiqbolini muhokama qilish maydoni bo‘ldi. Ishtirokchilar yangi global raqobatbardoshlik paradigmalari haqida qimmatli bilimlar olish bilan birga, yuqori darajadagi aloqalar o‘rnatish, strategik kelishuvlarga erishish va yangi hamkorliklarni shakllantirish imkoniga ega bo‘ldilar. Mutaxassislarning fikricha, Ozarbayjon xorijiy investisiyalar uchun ochiq va barqaror iqtisodiy muhitni, o‘zining strategik loyihalarining ahamiyatini hamda uzoq muddatli hamkorlik uchun ishonchli sherik sifatidagi mavqeini yana bir bor isbotladi.

AUICning ishtiroki Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sohalarda hamkorlikni kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa ularning qo‘shma iqtisodiy tashabbuslarga sodiqligini ifodalaydi.

Kiritildi: 15:09 15.10.2025. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!