Savol: Assalomu alaykum! Atir sepib ko‘chaga chiqish ayollarga harom qilinganmi?
Javob:
– Va alaykum assalom!
Abdullohning ayoli Zaynab roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga: «Sizlardan birortangiz masjidga hozir bo‘lsa, hech xushbo‘y surtmasin», dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Boshqa bir rivoyatda:
«Qaysi bir ayol xushbo‘ylangan bo‘lsa, biz bilan xufton namoziga hozir bo‘lmasin», deganlar.
Aslida muslima ayolning uyidan tashqariga xushbo‘y narsa surtib chiqishi harom. Masjidga borganda surtishi yana ham qattiq gunoh. Chunki bu ish ibodatga kelgan erkaklarning xayolini buzib, fitnaga sabab bo‘lishi mumkin. Ayol kishining masjidga borib, erkaklarning xayoli qochishiga sabab bo‘lishidan ko‘ra bormagani ma’qul.
Vallohu a’lam.
Odinaxon Muhammad Sodiq