Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Aston Martin Tramp bojlari tufayli AQShga avtomobillar importini chekladi

Aston Martin Tramp bojlari tufayli AQShga avtomobillar importini chekladi

Britaniyaning “lyuks” avtomobillar ishlab chiqaruvchi Aston Martin kompaniyasi prezident Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojlar tufayli AQShga importni cheklamoqda, deb yozadi Financial Times.

Aprel oyidan boshlab AQShda mamlakatga olib kiriladigan tayyor xorijiy avtomobillar uchun 25%lik bojlar amal qilmoqda, Amerikada ishlab chiqarilmaydigan Aston Martin ham bunga duch keldi.

Aston Martin aprel oyida AQShga yetkazib berishni qisqartirdi va may oyida uni oshirmaydi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi o‘zining amerikalik dilerlari zaxiralariga tayanadi va ularning yordami bilan savdo urushidan omon qolishga umid qilmoqda, deya ta’kidlaydi FT.

“Biz allaqachon eng yomon ssenariyga tayyorlanib bo‘ldik. Britaniya avtomobil sanoatiga soliq yuklamalari miqdorini inobatga olgan holda, britaniyalik bozor ishtirokchilari uchun kelishuvni tezroq tuzish hukumat va sanoat uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi lozim va shunday bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi kompaniya bosh direktori Adrian Xollmark.

Uning aytishicha, kompaniya iyun oyi o‘rtalarigacha yetadigan yetarli zaxiraga ega. O‘tgan yil oxiridan boshlab to bojlar kuchga kirgunga qadar Aston Martin o‘z avtomobillarini asosan AQShga jo‘natishga ustuvorlik bergan.

Tayyor xorijiy avtomobillar uchun amaldagi bojdan tashqari, AQShda 3 maydan boshlab import qilinadigan avtomobil ehtiyot qismlari uchun 25%lik tariflar joriy etiladi.

Kiritildi: 22:58 01.05.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!