Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi

Asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi

Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi vakil - Biznes-ombudsman tomonidan natijali ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan yil davomida tadbirkorlardan 9 ming 127 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarning 51 foizi bo‘yicha ularning huquqlari tiklandi, qolganlari bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.

Bu ishlarga misol tariqasida bir holatni keltirib o‘tish mumkin. Biznes-ombudsmanga Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi "Umid servis" (nomi o‘zgartirilgan) xususiy korxonasi ortiqcha hisoblangan qarzdorlik va penyadan norozi bo‘lib, murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, korxona hisob-varag‘ida 12 million so‘m qarzdorlik va 38 million so‘m ortiqcha to‘lov ko‘rsatilgan. Ammo Quvasoy shahar soliq inspeksiyasi korxonaning aslida 50 million so‘m soliq qarzi va 36 million so‘m penya borligini ta’kidlagan.

Biznes-ombudsman devoni aralashuvi natijasida tadbirkorning hisob-varag‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha xatolik bilan kiritilgan soliq qarzdorligi va unga hisoblangan penya soliq organi tomonidan bekor qilindi va tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!