Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Urush boshlanganidan beri Rossiya asirligidagi 200 dan ortiq ukrainalik askar halok bo‘ldi.

Associated Press bu haqda inson huquqlari tashkilotlari, BMT va Ukraina hukumati vakillariga tayanib xabar bermoqda.

Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylardan kamida 206 nafari Rossiya tomonidan asirlikd ushlab turilgan paytda halok bo‘lgan. Associated Press'ning Ukraina prokuraturasiga tayanib yozishicha, jang maydonida yana 245 nafar askar Rossiya askarlari tomonidan o‘ldirilgan.

Qayd etilishicha, jasadlar qaytarilishi va shaxsi aniqlanishi jarayoni davom etar ekan, halok bo‘lgan harbiy asirlar soni yanada ortishi mumkin. Biroq sud-tibbiyot ekspertlari o‘lim sababini aniqlashda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

Rossiya tomonidan asirga olingan Ukraina harbiy xizmatchilarining qariyb 97 foizi BMTning Inson huquqlari monitoringi bo‘yicha mahalliy missiyasiga og‘ir sharoitlar va qiynoqlar, jumladan, kaltaklash, elektr toki bilan qiynash, jinsiy zo‘ravonlik holatlari va qatllar haqida ma’lum qilgan.

Kiritildi: 21:09 27.05.2025. O'qildi: 1216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!