Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Asadga Moskvadan chiqishi taqiqlanganmi?

Asadga Moskvadan chiqishi taqiqlanganmi?

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov OAVda Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Assadning Moskvani tark etishi taqiqlangani va uning moliyaviy jamg‘armalari muzlatib qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Peskov, shuningdek, Asadning rafiqasi Asma Asad Rossiyani tark etish uchun zudlik bilan ruxsat so‘ragani va Londonga borishni orzu qilgani haqidagi nashrlarni rad etdi. 2000 yilda turmush qurishdan oldin u Buyuk Britaniyadagi JP Morgan kompaniyasida moliyaviy broker bo‘lib ishlagan. Bir qator nashrlarga ko‘ra, Asadning rafiqasi go‘yoki ajrashib, Britaniyaga qaytmoqchi.

🗣 Matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Peskov qisqacha shunday dedi: “Yo‘q, bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”.

Kiritildi: 20:54 23.12.2024. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!