Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Assad tarafdorlari guruhi Latakiya viloyatidagi kazarmaga hujum qilishga urindi.
Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mojaro harbiy ob’ektga kiraverishda boshlangan. Xavfsizlik hujumning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi va to‘rt nafar hujumchini qo‘lga oldi.
Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Latakiya, Tartus va Xoms viloyatlarida xavfsizlik kuchlari va Asadga sodiq bo‘linmalar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan edi. Eng qizg‘in janglar Jebla shahrida bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvlarda kamida 830 tinch aholi halok bo‘ldi.