Bashar al-Assad rejimiga qarshi qurolli kuchlar Suriya poytaxti Damashqqa yo‘l ochib, strategik ahamiyatga ega Homs viloyatida oldinga siljimoqda.
Qurolli guruhlar shu nomdagi viloyat ma’muriy markazining ichki kvartallariga yetib borishdi.
Ayni paytda to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda, hukumatga qarshi guruhlar turli yo‘nalishlardan ichki mahallalarga kirishga urinmoqda.
“Hayyat Tahrir ash-Shom” guruhi boshchiligidagi rejim muxoliflari Xoms viloyatida hujumni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda. Ilgari ular xuddi shu nomdagi provinsiyadagi Xama shahri markazini nazoratga olgan edi.
Avvalroq rejim muxoliflari Rasten va Telbis tumanlari ustidan nazorat o‘rnatgan, shuningdek, Xomsning g‘arbiy chekkasi – Veyrga ham kirib kelgan.