Erkin kurash bo‘yicha ikki karra Olimpiada, jahon va Osiyo chempioni Artur Taymazov Sidneydagi Olimpiada o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgandan so‘ng Rossiya sharafini himoya qilishni istagan. Bu haqda "everyday.uz" yozmoqda.
Menga 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilishni taklif qilishdi. Men O‘zbekiston nomidan qatnashdim va kumush medalini qo‘lga kiritdim hamda Rossiya nomidan kurashishni boshladim. 2001 yili mamlakat chempioni bo‘ldim va og‘ir vazn toifasida Yevropa chempionatiga tayyorlanishni boshladim. Lekin menga to‘satdan Rossiya sharafini himoya qilishim uchuun ikki yil kutishimni aytishdi. Ammo menga bor-yo‘g‘i 21 yosh bo‘lganida o‘zimni muzlatib qo‘yishning ilojiy yo‘q edi. Shuning uchun men O‘zbekiston sharafini himoya qilishni davom ettirdim , - dedi Taymazov.
Sportchi O‘zbekiston tarkibida o‘zini juda yaxshi his qilganini va barcha janglarda imkoniyatlari doirasida 1000 foiz harakat qilganini ta’kidladi.
Men O‘zbekiston xalqiga o‘sha paytdagi qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu mening ikkinchi vatanim, ular doim menga jon kuydirishgan. Shuningdek, meni Rossiyada ham qo‘llab-quvvatlashgan va ularga ham alohida minnatdorchiligimni bildiraman , - deya qo‘shimcha qildi Taymazov.