Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Artemis II: Insoniyat 54 yildan so‘ng ilk marta Oyga parvoz qildi

Artemis II: Insoniyat 54 yildan so‘ng ilk marta Oyga parvoz qildi

To‘rt nafar astronavt NASA'ning Artemis II missiyasi doirasida Oy atrofidagi 10 kunlik parvozga yo‘l oldi. Bu Qo‘shma Shtatlarning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik kosmik missiyasi bo‘lib, Xitoy o‘zining ilk ekipajini Oyga qo‘ndirishidan avval insoniyatni yana Yerning tabiiy yo‘ldoshiga qaytarish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Artemis II missiyasi Oyni aylanib o‘tadi va koinotda taxminan 10 kun o‘tkazadi. Ekipaj tarkibida AQShdan uch nafar va Kanadadan bir nafar astronavt bor.

Hozirgi rekord 1970 yilda Appolon-13 missiyasi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda astronavtlar texnik nosozlik sababli taxminan 399 000 kilometr masofagacha bora olishgan edi. 1972 yildan beri, ya’ni so‘nggi Apollon parvozidan buyon insoniyat Yer orbitasidan tashqariga chiqmagan.

NASA 2028 yilda Oy sirtiga qo‘nishni, shundan so‘ng unda baza va orbital kosmik stansiya qurishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!