Xabaringiz bor, 4-15 avgust kunlari O‘zbekistonda birinchi bor Xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi.
“Harbiy olimpiada” deya e’tirof etilayotgan V Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi “Harbiy-tibbiy estafeta” O‘zbekistonda “Forish” tog‘ poligonida ilk marotaba o‘tkazildi.
12 kun davom etgan musobaqa qiziqarli bahs va munozaralarga to‘la o‘tdi. Unda Vyetnam Sosialistik Respublikasi, Myanma, Armaniston, Angola, Zimbabve, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston, Venesuela (kuzatuvchi maqomida) ishtirok etdi.
Sanoqli daqiqalardan so‘ng Armiya-2019 musobaqalari “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani hozirgina tugadi.
Unda musobaqaga doir va O‘zbekiston jamoalari ko‘rsatgan natijalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
“Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasiga mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rinni oldi. Shuningdek, O‘zbekiston jamoasi Armiya-2019 ning boshqa musobaqalarida ham yuqori 2-3-o‘rinlarni olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi “ArMI–2019” musobaqalari rekord darajadagi ishtirokchilarni – 36 davlatdan 217 ta jamoaning 5 mingdan ziyod harbiylarini o‘z ichiga qamrab oldi.
Debyutant mamlakatlar sifatida bu gal maydonlarda Iordaniya, Kambodja, Kongo va Mali respublikalari, Kuba va Shri-Lankadan kelgan harbiylar kuch sinashadi.
NATO mamlakatlari ham “ArMI” o‘yinlariga katta qiziqish bildirgan bo‘lib, joriy yilda AQSH, Fransiya, Turkiya va Slovakiya kabi davlatlar vakillari kuzatuvchi maqomida qatnashadi.
“ArMI – 2019” o‘yinlari jami 31 ta tanlovdan iborat bo‘lib, ulardan 16 tasi Rossiyada, to‘rttasi Xitoyda, uchtasi Qozog‘istonda, Belarus va Eronda ikkitadan hamda Armaniston, Ozarbayjon, Hindiston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda bittadan tanlovlar o‘tkazildi.
Marosimning boshlanishi va taqdirlash haqidagi suratlarni birozdan keyin taqdim etamiz. Unda g‘oliblarga atalgan sovg‘alar va pul mukofotlari ham bor.
Bizni kuzatishda davom eting.