Armaniston Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, “Muqaddas kurash” harakati a’zolaridan 16 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, ular terrorchilik hujumlari va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorlangan.
"Tergov doirasida polisiya va tergovchilar 90 dan ortiq tintuv o‘tkazdi va 14 kishini qo‘lga oldi. Qo‘lga olinganlar orasida Arman Apostol cherkovining arxiyepiskopi Bagrat Galstanyan ham bor", deyiladi e’lon qilingan bayonotda.
Tergov qo‘mitasining ta’kidlashicha, tintuvlar chog‘ida o‘qotar qurollar, portlovchi moddalar, tutun granatalari, yollangan shaxslarning ro‘yxatlari, guruhning noqonuniy faoliyati tasvirlangan hujjatlar va boshqa “inkor qilib bo‘lmaydigan dalillar” aniqlangan.