Mamlakat bosh vaziri hukumatning 2026-2031 yillarga mo‘ljallangan dasturida nima uchun Rossiya strategik hamkor sifatida ko‘rsatilmagani haqidagi jurnalistlarning savoliga shunday javob berdi:
"2022 yil sentyabr voqealaridan keyin strategik hamkorlik bor, deb aytish... Bu o‘zi strategik hamkorlikni anglatishi kerak-ku... Agar hozir “strategik hamkorlik” deb yozsak, siz nima uchun Rossiya va KXSHT 2022 yil sentyabrida xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarini bajarmadi, deb so‘raysiz. Men sizlarga nima deb javob berishim kerak?".