Armanistonda Nestlé kompaniyasining NAN brendi ostidagi chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan sut aralashmalari partiyasi yo‘q qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy miqdor taxminan 9700 kilogrammni tashkil etgan.
Armaniston oziq-ovqat xavfsizligi inspeksiyasiga ko‘ra, Rossiyadan olingan laboratoriya tekshiruvlari natijasida mahsulotda xavfli toksin mavjudligi haqida ma’lumot kelib tushgan.
Shundan so‘ng mazkur mahsulotlar inspeksiya xodimlari nazorati ostida yo‘q qilingan.
Rossiyada ham Rospotrebnadzor bir qator Nestlé bolalar ovqatlari importini to‘xtatgani xabar qilingan. Sabab sifatida ayrim partiyalarda toksin aniqlangani ko‘rsatilgan.
Shuningdek, kompaniya bir nechta davlatlarda, jumladan Yevropa va Turkiyada ham mahsulotlarini qaytarib olgani aytilmoqda.