Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Armaniston Vladimir Solovyevning bayonotlari yuzasidan Rossiyaga nota yubordi

Armaniston Vladimir Solovyevning bayonotlari yuzasidan Rossiyaga nota yubordi

Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin Armaniston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga Rossiya jurnalisti Vladimir Solovyevning bayonotlari bo‘yicha nota topshirildi.

Notada Solovyevning davlat telekanali efiridagi bayonotlari Armaniston Respublikasining suverenitetiga qarshi bo‘lgan, dushmanona va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning asosiy prinsiplarini buzuvchi deb baholangan. Bu haqda Armaniston TIV matbuot kotibi Ani Badalyan ma’lum qilgan.

Bundan avval Armaniston parlamentining o‘rinbosari Ruben Rubinyan Vladimir Solovyevga nisbatan keskin fikr bildirib, uni "it" deb atagan. U ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozgan: "It xuradi, karvon o‘tadi. Bu holatda it — Rossiyalik biznesmen Samvel Karapetyanning yaqin do‘sti va vatandoshi Solovyev, karvon esa — biz sevib qolgan mamlakatiimiz, u barqaror tinchlik va rivojlanishga qat’iy intilayapti".

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Solovyev yaqinda Armaniston yo‘qotilishi Rossiya manfaatlariga zid ekanini aytgan va nafaqat Ukrainada, balki Rossiya ta’siri ostidagi "boshqa hududlarda, xususan Armanistonda" ham "maxsus harbiy operasiyalar" o‘tkazish kerakligini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 06:45. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!