2022 yilda Armanistondan Rossiya Federasiyasiga eksport hajmi dollar hisobida 850 milliondan 2,5 milliardga oshdi, dedi Armaniston iqtisodiyot vazirligi rahbari Vagan Kerobyan «Vedomosti»ga bergan intervyusida.
Sababi: G‘arb kompaniyalarining Rossiya bozoridan chiqib ketishi, bu arman yetkazib beruvchilariga Rossiyada o‘z biznesini kengaytirish imkonini berdi.
▪️Shu bilan birga, arman kompaniyalari G‘arbning ikkilamchi sanksiyalariga tushib qolish xavfi bor. Vaholanki, Rossiya eng muhim iqtisodiy hamkor va Yerevan u bilan savdo-sotiqsiz ishlamaydi.
▪️Kerobyan savdo uchun valyuta tanlashni katta muammo deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rubl dollar va yevroga nisbatan juda o‘zgaruvchan va bu uzoq muddatli shartnomalar tuzishga to‘sqinlik qilmoqda.