Imzolash marosimi Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.
«Kommyunike imzolanishi orqali Armaniston va Pokiston diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Ikki mamlakat hukumatlari BMT Ustaviga muvofiq do‘stona aloqalarni rivojlantirishga intilishadi. Bu o‘z ichiga bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini o‘zaro hurmat qilish, tajovuzdan voz kechish, ichki ishlarga aralashmaslik, tenglik, o‘zaro manfaat va tinch hamkorlik tamoyillarini qamrab oladi», — deyiladi xabarda.
Armaniston va Pokiston hukumatlari:
Bir-biri bilan vakillar almashish,
1961 yilgi Vena konvensiyasi va xalqaro diplomatik amaliy tajriba asosida o‘zaro diplomatik munosabatlarni ta’minlash uchun zarur yordam ko‘rsatishga kelishib olganlar.
❕ Pokiston — BMTning yagona a’zosi ediki, u Armanistonni tan olmagan. Buning sababi — Pokistonning armyan-ozarbayjon mojarosida Bokuni qo‘llab-quvvatlashi edi. Ilgari bu ikki davlat o‘rtasida hech qanday rasmiy aloqa bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 8 avgust kuni Armaniston va Ozarbayjon AQSh prezidenti vositachiligida Vashingtonda tinchlik kelishuvini paraflashgan.