Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan 15 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keladi.
“Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda Qozog‘iston-Armaniston hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi”, — deb yozadi Aqorda rasmiy sayti.
Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.