Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bilan munosabatlarda «qaytib bo‘lmaydigan nuqta»ga yaqin turibdi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Butunarmaniya forumida ma’lum qildi, deya xabar beradi mahalliy OAV.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT Armaniston xavfsizligi, uning kelajakdagi mavjudligi va suverenitetiga tahdidlarni keltirib chiqaradi.
«Armaniston KXSHTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ydi, chunki bu tuzilma respublika suverenitetiga tahdid tug‘dirdi», - dedi Pashinyan.
Shu bilan birga, bosh vazir Armaniston na Rossiya, na YEOII bilan iqtisodiy aloqalarini uzish niyatida emasligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, Armaniston o‘zining iqtisodiy aloqalarini diversifikasiya qilishga, YEI va AQSh bilan hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda, biroq bu aynan almashtirish emas, balki qo‘shish haqida.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, diversifikasiya «vaqt talab qiladigan bosqichma-bosqich jarayondir».
Shu bilan birga, hukumat rahbari «Agar Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun zarracha imkoniyatni ko‘rsa va bu bilan bog‘liq potensial xatarlarni boshqarishi mumkinligini tushunsa, bu imkoniyatdan albatta foydalanadi», deb ta’kidladi.
KXSHT Armanistonni teng huquqli hamkor sifatida ko‘rishda davom etadi va barcha masalalar bo‘yicha muloqotga tayyor.
«Ma’lumki, Armaniston vakillari bu tadbirlarda qatnashmagan. Shunga qaramay, biz Armanistonni tashkilot formatida teng huquqli hamkor sifatida ko‘rishda davom etamiz va Yerevanlik hamkasblar bilan barcha dolzarb masalalar bo‘yicha muloqotga tayyormiz», — dedi u.