Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoryan va Eron elchisi Mehdi Sobhani Tehron va Yerevanning energetika va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorligi istiqbollarini muhokama qildi.
Bu haqda arman ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
"Tomonlar Armaniston-Eron ikki tomonlama munosabatlari kun tartibidagi asosiy masalalarni muhokama qildilar, energetika va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikka to‘xtaldilar, shuningdek, mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashdilar," - deya ta’kidlanadi xabarda.